UPPER

Elbek Normurodov

Absorb as a sponge

"Gubkadek qabul qil" - bu iborani IELTS o'qib yurgan davrimda o'rgangan edim. Junior dasturchi ham shunday bo'lishi kerak. 

Yaqinda bir shogirdim o'quv kursimiz 3 oyligi va bu qisqa vaqt ichida vada berayotgan texnologiyalarimizni qanday o'zlashtirish mumkinligi haqida o'ylab qoldi. Chunki, ko'p o'quv kurslarida Web API loyihasi 10-oylarda o'rgatilishini aytdi. Ha, men texnlogiyalarni tez tushuntirib, tezroq real-loyiha tuzishni talab qilaman. Ya'ni, Web API loyihasini bir kunda tushuntira olaman. Ertasi kuni, tayyor loyihani taqdim qilishi kerak. Men texnologiyalarni tez tushuntirib ketishimning sabablaridan:

1.  Mustaqil izlanishga yo'l ochib berish. Agar shu vaqt ichida internetdagi checksiz ma'lumotlar orasida, aynan sizning talabingizni qondira oladigan ma'lumotni topa olsangiz, ish jarayonida qiynalmaysiz.

2. Muammoga tez yechim bera olish. O'rganish davridanoq tez yechim bera olish ustuvor vazifa bo'lsa, ishxonada berilgan vazifaga ham shunday yondoshasiz. Kompaniyalarda "hali juniorku!" - deb sekin ishlashingizga ko'z yumishlari mumkin. O'rganish davomida tezlik bo'lmasa, juniorlikda bo'lmasa, qachon va kim tezligingiz haqida bosh qotiradi. Yoki, "tezroq ishla!" - deb boshlig'ingiz ustingizda turishini xohlaysizmi?

3. O'zingizdagi dahoni kashf qilish. Mustaqillik va tezlik ko'nikmalari rivojlangandagina, ichingizdagi asl potensial yuzaga chiqishni boshlaydi. EF ni o'rgatganimda Dapperni mustaqil o'rgana olishingiz, u yordamida ham o'zingiz dasturlar tuza olishingizni ko'rishni xohlayman. Chunki, vaqt keladi, siz yechayotgan muammolarga javob internetda bo'lmaydi. U vaqtda yolg'zgina ichingizdagi daho atrofga o'zgarish va yangilik olib kela oladi.

Shunday qilib, o'quv kursini 3 oy qilishimizni sabablari shular. Lekin, bilim va tajriba olmoqchi bo'lgan o'quvchilar tarteeb loyihasiga qo'shilik yillar davomida tajriba orttirib, men bilan birgalikda rivojlanib kelishmoqda.