UPPER

Elbek Normurodov

Meni Video-Darslarimni Ko'rmang!

Mening YouTube kanalimda 200 ga yaqin video-darslar bor. "Barchasini ko'rib chiqsam dasturchi bo'laman", - degan xayolda bo'lsangiz adashasiz. Dasturlash bo'yicha boshlang'ich bilimga ega bo'lsangiz, amaliy loyihalar qilishingiz kerak. Bu dasturchi bo'lishning eng samarali usulidir. Bu maqolada ilhom olishingiz mumkin bo'lgan 10 ta loyiha haqida aytib beraman. 

Loyihalarni bajarishda intizomni oshirish uchun mening guruhimda natijalarni ulashib borishni maslahat beraman. 

Karra Jadval

Rasmda ko'rsatilgandek karra jadvalni consolega chiqaring.

Sodda Kalkulyator

Kalkulyator loyihasini tuzing. Foydalanuvchi misolni kiritsin va siz natijani hisoblang. Namuna ushbu postda.

Averagely

  1.  Foydalanuvchidan nechta son o'rta arifmetigini hisoblashini so'rang.
  2. Misol: 10 deb kiritsa, 10 ta qiymat qabul qiling
  3. O'rta-arifmetigini hisoblang.

Guessing Game

Bir tasodifiy (random) qiymat yarating. Va foydalanuvchidan ushbu qiymatni topmaguncha, qiymat kiritishini so'rashda davom eting. Agar kiritilgan son kichik bo'lsa "kichik", katta bo'lsa "katta", deb ekranga chiqaring. Misol ushbu postda.

Simple Todo

10 tagacha bo'lgan ishni boshqara olish console loyihasini tuzing. Ishlarni ekranga chiqarish, ish qo'sha olish, yangilash va o'chirish imkoniyatlarini qo'shing. Array dan foydalaning. Misol.

Hangman Game

Bir o'zgaruvchiga sirli so'zni yashiring va turli savollar orqali foydalanuvchiga harflarni birma-bir topishiga imkoniyat bering. Yuqoridagi gifda dastur qanday ishlashi kerakligi ko'rsatilgan. Misol.

Secret Box

Foydalanuvchi maxfiy yozuvni consolega kiritsin va siz unga o'sha yozuvni tanib olish uchun kod bering. Dasturingizga o'sha son kiritilsa maxfiy yozuvni chiqaring (faqatgina oldin bu xabar ko'rilmagan bo'lsa). Ya'ni, bir xabar faqatgina 1 martta ko'rilishi mumkin.

Excel Importer

Loyihaning asosiy maqsadi excel fayldagi ma'lumotlarni ma'lumotlar bazasiga o'tkazish kerak. Loyihaning murakkabligini oshirish uchun 10ta ma'lumotning 5-chisida bazada shart bo'lgan ma'lumotni bo'sh qoldirishingiz kerak. Shunda bazada 9 ta ma'lumot kiritilishi kerak. Bu loyihani istasangiz sodda console loyihasida yoki API loyihasida qilishingiz mumkin.

Link Shortener

Console loyiha 2 ta amalni bajara olishi kerak. Birinchisi uzun link berilganda qisqartirib qaytarishi kerak (har ikkalasini bazada saqlashi kerak). Ikkinchisi, qisqa link kiritilganda bazadan uning uzun versiyasini qaytarish kerak

Google Qil

googlethat4u  loyihasining clonenini yarating. Buning uchun frontend bilimi kerak bo'lishi mumkin.

Ushbu postni do'stlaringiz bilan ulashing!